

Kecha Erik ten Xag boshchiligidagi jamoa derbida g'alabaga erishib, turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.
"Endi biz jamoa sifatida ko'rinishni boshladik. Bir necha oylar oldin barcha o'zini o'ylayotganini ko'rish mumkin edi. Hozir esa bu jamoaga aylandi, hamma bir-biri uchun mehnat qilmoqda.
Navbatdagi bahsga tayyorlanamiz. Turnir jadvalida raqobatchilarga anchagina yaqinlashib oldik. Agarda g'alabalarni davom ettirmasak, ularni yana qo'yib yuboramiz.
Hozir esa g'alabani nishonlaymiz, derbida muhim ochkolarni qo'lga kiritdik. Endi "Kristal Pelas" haqida o'ylaymiz", - dedi Fernandesh.



