

"Barselona"ning 29 yoshli futbolchisi Argentina hamda Chili terma jamoalari o'rtasidagi o'yinda hakam yordamchisini haqorat qilgani uchun terma jamoa miqyosidagi 4 ta o'yindan chetlatilgandi. U Boliviya terma jamoasiga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgandi.
Appelyaciyadan so'ng Messining diskvalifikaciya bekor qilindi va u terma jamoaning keyingi o'yinlarida maydonga tusha oladi.




