

Salah o'tgan mavsumda kelganiga qaramay, juda ishonchli o'yini sabab klub unga uzoq muddatga mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qildi. Bu 26 yoshli forvard Yevropaning grand jamoalari qiziqishiga qaramay, ushbu yozda mersisaydliklar safini tark etmoqchi emasligini anglatadi.
Eslatib o'tamiz, Muhammad "qizillar" tarkibidagi birinchi mavsumida 52ta uchrashuvda ishtirok etdi va 44ta gol urdi.




