BREAKING: “Al Hilol” “Shabab Al Ahli”ga qarshi bahsni 9 futbolchi bilan boshlamoqchi

Eldor Akmurzayev
23 sen 2020, 22:50
Saudiyaliklar rasmiy sahifasi OCHL 6-turi doirasida o'tadigan “Shabab Al Ahli”ga qarshi uchrashuvni 9 futbolchi bilan boshlashini ma'lum qilgan.

Zaxirada esa 2 darvozabon qoldi. Biroq, musobaqa reglamentiga ko'ra o'yin qaydnomasidan kamida 13 futbolchi o'rin olishi kerak: 11 asosiy, 2 zaxira. 

OFK esa bunga ruxsat bermoqchi emas va qaydnomada 13 futbolchi bo'lishini "Al Hilol"dan talab qilmoqda. Shu sabab o'yin boshlanishi kechikmoqda va bahs bekor qilinishi ham mumkin.

“Al-Hilol” (S.Arabistoni) – “Shabab Al Ahli” (BAA)

“Xalifa” xalqaro o'yingohi

“Al-Hilol”: Al Mayuf (d), Amir, Chjan, Volid, Karilo, Alolayyan, Mansur, Al Mutari, Xatan

Zaxiradagilar: Jubaya, Bishi (ikkisi darvozabon)

“Shabab Al Ahli": Nosir, YU.Jobir, V.Abbos, M.Jobir, Marzuq, Alves, Hasan, G'aniev, Al-Hammadi, Eyd, Konde

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia