Bravo rasman La Ligaga qaytdi

31 avg 2020, 01:09
"Barselona" va "Manchester Siti"ning sobiq posboni Klaudio Bravo "Real Betis" klubi bilan shartnoma imzoladi.

"Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelgan chililik posbon joriy yozda erkin agentga aylandi. U Transfermarkt portalida 1,2 mln evroga baholangan. Bravo "Betis"da birinchi raqam uchun Xoel Robles bilan kurashishi kerak. Shartnoma bandlari hozircha oshkor qilinmadi.


O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/RealBetis_en