Botir Qoraev "Mashal" murabbiylar shtabida ish boshladi

Narzulla Saydullayev
26 mar 2018, 16:19
"Mashal" jamoasi murabbiylar shtabida ayni paytda, Aleksandr Xomyakov bosh murabbiy va Ruslan Ahmedov katta murabbiy vazifalarida ishlab kelishayotgandi.

Endilikda ular safiga yurtimizning tajribali markaziy himoyachilaridan biri bo'lgan Botir Qoraev ham qo'shildi. Qoraev bu mavsumdan boshlab bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovga yordamchi lavozimida ishga kirishdi.

Qoraev futbolchilik faoliyati davomida Nasaf, Mashal va Sho'rtan jamoalarida to'p tepgan. Endilikda sobiq himoyachi murabbiylik sohasiga jiddiy e'tibor qaratishi shubhasiz, Botir Qoraevning murabbiylik sohasidagi faoliyatiga omad tilaymiz.

Dilshod Safarov


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia