“Borussiya” yangi bosh murabbiy qo'l ostida hali biror marta mag'lub bo'lmadi

25 okt 2018, 08:45
Jamoa kecha YCHL 3-turi doirasida “Atletiko Madrid”ni 4:0 hisobida engdi.

Mavsum avvalida Dortmund klubiga Lyusen Favr bosh murabbiy etib tayinlangandi. Hali klub biror marta yangi murabbiy qo'l ostida mag'lubiyatga uchramadi. Ayni damda “Borussiya” mavsum boshidan beri 12 ta o'yin o'tkazib, 10 tasida g'alaba qozondi, 2 tasida esa durang o'ynadi. Urilgan gollar soni esa 37 ta, o'tkazilgan esa atigi 8 ta.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia