Borussiya finaldagi mag'lubiyati evaziga 35 million evro ishlab oldi, Real esa 0 evro!

Khoja
2 iyun 2024, 09:21
Borussiya ECHL finalida mag'lub bo'lgani uchun tashkilotchilar nemis jamoasiga 15 million evro to'lab berishadi.

Shuningdek, nemis jamoasi Real Madrid olishi lozim bo'ladigan 20 million evroga ham ega chiqadi. Sababi Bellingemning transfer tafsilotlarida, aynan shuncha bonus puli belgilab qo'ygan.

O'tgan yilning yozida imzolangan shartnomaga ko'ra, agar Real Madrid ECHL g'olibligini qo'lga kiritsa, Borussiyaning hisob raqamiga 20 million evro o'tkazib berishi yozib qo'yilgan.

Shu tariqa, Borussiya kechagi mag'lubiyati uchun umumiy hisobda 35 million evroga ega bo'ldi. Qirollik klubi esa 0 evro ishlab oldi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com