"Borussiya" Favrning o'rniga boshqa murabbiy topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
16 fev 2020, 15:43
"Bild" nashri xabariga ko'ra, Dortmundning "Borussiya"si rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Lyusen Favrni iste'foga chiqarmoqchi.

Uning o'rniga esa "Ayntraxt" ustozi Adi Xyutterning nomzodi ko'rib chiqilmoqda.

Xyutterning "Ayntraxt" bilan tuzgan shartnomasida tovon puli ko'rsatilgan va shu boisdan "arilar" rahbariyati istalgan paytda ushbu summani to'lab, Adini ishga taklif qilishi kutilmoqda.

Favr 2018 yilning yozida dortmundliklar boshqaruvini o'z qo'liga olgandi. Ushbu mavsumda uning qo'l ostidagi jamoa barqarorlikni ko'rsata olmayapti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild