"Borussiya Dortmund"ning yana bir futbolchisi "Manchester Siti"ga o'tadi

Оқил Абдубарноев
31 avg 2022, 20:04
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Manuel Akanji "Manchester Siti"ga o'tadi.

Sky Sport Deutschland xabariga ko'ra, futbolchi allaqachon "Man Siti"da tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Angliyaga yetib borgan. Ushbu jarayon muvaffaqiyatli o'tsa, shveytsariyalikning Manchester klubiga o'tishi uchun hech qanday to'siq qolmaydi.

Dortmundliklar 27 yoshli futbolchi uchun 18 million evro oladi. Yana 2 million evro esa shartnomada bonuslar ko'rinishida ko'zda tutilgan.

Akanjining Dortmund klubi bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland