Manuel Akanji faoliyatini Italiyada davom ettiradi

Khoja
2 sen 2025
"Manchester Siti" transfer oynasining so'nggi kunida yana bir himoyachisi bilan xayrlashdi.

30 yoshli Manuel Akanji "Inter"ga o'tdi. Milanliklar himoyachini 15 million evroga sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga oldi.

Shveytsariyalik "Manchester Siti" safida 136 ta o'yin o'tkazib, beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.


KhojaMuallif
Manba: