"Borussiya" Dortmund 3 mln evroga murabbiy "transfer" qiladi

Mirjalol Normatov
17 may 2018
"Nicca" bosh murabbiyi Lyusen Favr faoliyatini Dortmundning "Borussiya"sida davom ettiradi.

Tomonlar 2020 yilga qadar shartnomani kelishib qo'yishgan. Ammo shveytsariyalik mutaxassisning "Nicca" bilan shartnomasi bor. Shu boisdan dortmundliklar murabbiyni jamoaga olib kelish uchun Fransiya jamoasiga 3 mln evro to'laydi.

Favr bunga qadar "Gerta" (2007-09) va Menxengladbaxning "Borussiya"sida (2011-15) faoliyat olib borgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Kicker