Bonuchchi: "Real" individual o'yinda, "Yuventus" esa jamoaviy o'yinda kuchli"

Aslanov Jasurbek
5 may 2015, 11:12
"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final birinchi uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Har doim ham Chempionlar ligasi yarim finaliga yetib kela olmaysan. "Real" bilan o'yinda himoyaga e'tibor berib, tap tortmasdan hujumga o'tishimiz kerak. Bizda imkoniyat bo'lishiga ishonaman. "Real"ni hurmat qilamiz, ammo asosiysi maydonda o'zimzni qanday ko'rsatishimiz.

Agar maydonga g'alabaga chanqoq bo'lib chiqsak, shundagina uyda yaxshi o'yin ko'rsatib, Madridda kurashni davom ettirmoqchimiz. Ular individual o'yinda, biz esa jamoaviy o'yinda kuchlimiz"- deydi Bonuchchi.

"Yuventus" va "Real" o'rtasidagi o'yinlar 5 va 13 may kuni bo'lib o'tadi. Birinchi uchrashuv "keksa sinora" maydonida bo'lishi rejalashtirilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com