

Vingerni o'z safida ko'rishni istayotgan da'vogarlar ichida "Atalanta", "Fiorentina", "Torino" va "Sevilya" bor. Ularning urinishlarini cheklab qo'yish uchun "Bolonya" 25 yoshli o'yinchiga yangi shartnoma taklif qiladi. Amaldagi bitim 2024 yilning yozida yakun topishi ko'zda tutilgan. Yozgi transferlar oynasi paytida italiyalik futbolchiga mamlakat jamoalaridan qiziqishlar bo'lgan edi.
Orsolini ushbu mavsum 11 ta o'yinda maydonda harakatlandi va 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.



