Boliviya futbol federatsiyasi prezidenti koronavirusdan vafot etdi

Alisher
20 iyul 2020, 12:05
Seser Luis Salinas COVID-19 asoratlari bilan vafot etdi.

Boliviya futbol federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Salinas 19 iyul kuni vafot etdi.

58 yoshli Salinas 9 iyul kuni og'ir gripp bilan Boliviya poytaxti La-Pasdagi kasalxonaga joylashtirilgan. Ikki kun o'tgach, unda koronavirus borligi aniqlandi va ko'p o'tmay Seser Luisning ahvoli yomonlashdi va sun'iy nafas olish apparatiga ulandi.

Koronavirus Salinasning rafiqasida ham aniqlangan, ammo kasallik unda simptomlarsiz o'tgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gtp.gr