Bo'lishi mumkin emas! Germaniyada to'rtinchi liga o'yiniga 12 ming kishi keldi

Aslanov Jasurbek
26 fev 2018, 18:45
Oktyabr oyida "Augsburg II" hamda "Myunxen-1860" jamoalari o'rtasidagi Germaniyaning to'rtinchi ligasiga 21 219 kishi kelgan edi.

O'sha bahsda 7000 ming ishqiboz mehmon jamoani qo'llab-quvvatlagan. O'tgan haftada esa "Myunxen-1860" muxlislari liga tarixidagi rekord natijani qayd etishdi: "Nyurnberg-2"ga qarshi mehmondagi uchrashuvda sevimlilaliri qo'llash uchun 12 000 ishqiboz o'yinga tashrif buyurdi. Myunxen va Nyurnberg o'rtasidagi masofa 170 km.

Buning yana bir qiziq tomoni shundaki - "Myunxen 1860" muxlislari raqibnikidan ikki baravar ko'p edi.

"Myunxen-1860" avvalgi mavsum 2-bundesligada o'ynagan edi, ammo pley-off bahslarida mag'lub bo'lib, ligani tark etishgan. Uchinchi bundesligada licenziyalash uchun pul topa olishmadi. Natijada pastroq darajadagi turnirda qatnashishmoqda. Ammo muxlislar nolishmayapti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru