Boka Xuniorsning ikki nafar muxlisi "San-Lorenso"ga qarshi o'yin oldidan otishmada o'ldirildi

22 iyul 2013, 10:02
"Boka Xuniors" hamda "San-Lorenso" klublari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan ikki jamoa fanatlari o'rtsaida to'qnashuv bo'lib o'tdi.
Buenos-Ayresning ikki bir-biriga dushman hisoblangan ushbu jamoalar fanatlari o'rtasidagi bu to'qnashuv katta janjalga aylanib ketdi. Natijada otishma ro'y berdi. Yuzdan ortiq o'q uzildi. Otishma oqibatida ikki muxlis olamdan ko'z yumdi.

Jamalar o'rtasidagi o'yin bekor qilindi.


Manba: sports.ru