

Bu yerda ham qisqa muddatli yig'indan so'ng TurkiyaningAntaliya shahriga uchib ketishgandi. Hozir “temiryo'lchilar” OCHL gurih bosqichiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqida jamoa futbolchisi Bobur Yo'ldoshev fikr bildirdi.
“Ayni damda tayyorgarlik a'lo darajada o'tmoqda. Kuniga ikki mahaldan mashg'ulot o'tkazyapmiz, ko'proq jismoniy holatimizga va taktikaga e'tibor qaratyapmiz.
Antaliyadagi yig'inimizda biz uchun barcha shart-sharoitlar, stadion, trenejer zali barchasi yaratib berilgan. Barcha murabbiylarning o'zini taktikasi bor, murabbiyimiz tanlagan taktikada biz ham tinmay ishlayapmiz.
OCHLda guruh bosqichidagi raqibimizni yaxshilab o'rganib chiqyapmiz. Bu yil oldimizga 3 frontda g'olib bo'lish vazifasi qo'yilgan. O'zbekiston kubogi, O'zbekiston chempionati va OCHL shular jumlasidandir. Bularni qo'lga kiritish oson bo'lmasligini barchamiz yaxshi tushunib turibmiz. Jamoadoshlarim bilan bu yil chempionlikni saqlab qolish va OCHLda muvaffaqiyatli ishtirok etishga harakat qilamiz”, - deydi Bobur Yo'ldoshev.




