

Fransiya terma jamoasi hujumchisi JCH-2018da Dide Desham jamoasi tarkibida bo'lgan Odil Rami bilan suhbatda Argentina terma jamoasi sardorining o'yinga ta’siri haqida to'xtaldi.
"Bu qiyin final bo'lishini o'zingiz ham bilasiz: Leo Messi, argentinaliklar bilan to'la stadion. Biroq bunday o'yinlar uchun bizda jamoa va murabbiy bor. Bizga ishonishingiz mumkin, tayyor bo'lamiz va o'yinga yaxshi formada kelamiz.
Bizni juda yaxshi o'yin kutmoqda. Argentina – qiyin raqib, ular ajoyib ish qilishdi. Leo yarim finalda zo'r o'ynadi. Biz uning xotirjam ekanligini his qilyapmiz.
Bu o'yinga qay darajada tayyorgarlik ko'rishimizga bog'liq. Bugun va ertaga tiklanish bilan shug'ullanamiz va yakshanba kunga 100 foiz tayyor bo'lish uchun hammasini ishga solamiz", – dedi Fransiya termasi va "Atletiko" hujumchisi.
Fransiya va Argentina o'rtasidagi JCH-2022 finali 18 dekabr kuni bo'lib o'tadi.



