Birinchi liga. “Zomin” – “UzDongJu” bahsi Yangiyerda bo'ladi

Narzulla Saydullayev
13 apr 2016, 13:11
Ushbu haftada birinchi ligada 3-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

“Zomin” jamoasi taqvimga ko'ra “UzDongJu”ni o'z uyida qabul qilishi lozim edi. Ammo Zomindagi stadionda ta'mirlash ishlari ketayotgani bois o'yin boshqa stadionga ko'chiriladigan bo'ldi. Yodingizda bo'lsa “Zomin” Kubok doirasidagi “Andijon”ga qarshi o'yinini Jizzaxdagi “Markaziy” stadionda o'tkazgandi.

Aftidan endilikda “Zomin”ga mazkur stadionda o'ynash uchun ruhsat berilgan. Shu bois klub rahbariyati Yangiyerdagi stadion xo'jayinlari bilan muzokara o'tkazib, yakunda “UzDongJu”ni ushbu stadionda qabul qilishi ma'lum bo'ldi.

Uchrashuv 17 aprel kuni soat 16:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia