

Superliga. 11-tur
"Nasaf" – "Navbahor" 0:0
Zomin. “Zomin” stadioni. 20:00
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Ruslan Serazitdinov, Avaz Abdullaev
Zaxira hakami: Sanjar Nazarov
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Sherzod A'zamov
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Feruz G'aniev
"Nasaf": 1.Abduvohid Ne'matov, 4.Akramjon Komilov (27.Yashnarbek Berdirahmonov, 65’), 6.Sardorbek Bahromov, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (33.Bahodir Xalilov, 88’), 10.Bobir Abdixoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Oybek Rustamov, 20.Yusuf Otubanjo (80.Davronbek Usmonov, 88’), 22.Diyor Abdunazarov, 23.Dilshod Murtazaev, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 21.Samandar Muratbaev, 82.Asilbek No'monov, 40.Behruz Soatov, 76.Zafar Sadullaev, 99.Kingsli Sokari.
"Navbahor": 1.O'tkir Yusupov, 2.Saidazamat Mirsaidov (77.Muhammadali Usmonov, 87’), 4.Islom Mamatkazin, 5.Dilshodjon Komilov, 7.Ruslanbek Jiyanov, 8.Diyor Xolmatov, 13.Benjamin Teydi (20.Quvondiq Ro'ziev, 74’), 22.Umar Adhamzoda (70.Abbosjon G'ulomov, 74’), 23.Vanya Ilich (28.Katulondi Kati, 87’), 44.Anri Chichinadze, 97.Aleks Fernandes.
Zaxira: 35.Valijon Rahimov, 3.Zafarbek Rahimjonov, 6.Shohruh Abdurahmonov, 10.Shohmalik Komilov, 18.Isoxon Musoxonov.
Ogohlantirishlar: 39 - Vanya Ilich, 72 - Bobir Abdixoliqov
90+5. O'yin yakunlandi.
90+3. Kati yaxshi o'ynab darvozaga to'pni yo'naltirdi, Ne'matov urib yubordi to'pni.
90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.
86. Jiyanovning jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.
83. “Nasaf” futbolchisi jarima maydonchasiga kirib borib to'pni uzatayotganda to'p Chichinadzening qo'liga tegdi, bosh hakam bu vaziyatda o'yin qoidasi buzilmaganini bildirdi.
79. Yana Fernandesdan zarba, Ne'matov to'pni qaytarib yubordi.
77. Uchrashuvning so'nggi dekadasiga yaqinmiz, jamoalar faollashishi aniq buyog'iga.
68. Bobir Abdixoliqov “Navbahor” jarima maydonchasi ichida yiqildi, bosh hakam bu vaziyatda o'yin qoidasi buzilmaganini bildirdi.
63. Aleksning xavfli zarbasidan so'ng Abduvohid to'pni qaytardi, so'ng biroz palapartishlik yuzaga keldi, sal qolsa to'p darvozaga kirishi mumkin edi…
61. Muhtidinov, Abdixoliqov va Chichinadze bahslashib qolishdi maydonda.
58. Adhamzodaning uzatmasidan so'ng Jiyanov bosh bilan zarba yo'lladi, Ne'matov to'pni qaytardi!
57. Aleks Fernandesning zarbasi himoyachilardan o'tmadi.
49. Otubanjoning bosh bilan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+3. Birinchi bo'lim yakunlandi.
45+2. Adhamzoda havolatib uzatilgan to'pga zarba bera olmadi.
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. Bobir Abdixoliqovning zarbasi noaniq bo'ldi.

42. Ilichning xavfli zarbasi Ne'matovni anchagina qiynab qo'ydi!
40. Adhamzodaning zarbasini raqib futbolchisiga tegib qaytdi.
36. Chap qanotdan uzatilgan to'pni Diyor Abdunazarov darvozaga yo'lladi, namanganlik himoyachi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.
31. Mamatkazindan bosh bilan zarba, biroq to'p darvozagacha bormadi.

25. Yo'q, penalti belgilanmadi. O'yin davom etadi.
23. Bosh ham VARni o'zi borib ko'rmoqda. Komilov Mamatkazinning libosidan tortgan bo'lishi mumkin.
22. Stop, “Nasaf” jarima maydonchasi ichida quyidagi vaziyatda qo'pollik ishlatilgan bo'lishi mumkin. Bosh hakam VARni eshitmoqda.
22. Ilichning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

21. Aleksning uzoq masofadan bergan aniq zarbasidan so'ng Ne'matov qaytardi!
17. Abdunazarov yaxshi vaziyatga chiqib borib zarba berdi, biroq uning tepgan to'pi darvozaga aniq bormadi.
16. Endigi zarba Muhitdinovdan, ammo noaniq bo'ldi.
15. Otubanjoning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi raqib futbolchisiga tegib qaytdi.

10. Aleksning erlatib bergan zarbasi kuchli bo'ldi, Ne'matov to'pni ushlab oldi.
8. Bobir Abdixoliqov chapdan oldinga yurish qildi, ammo namanganliklar vakili uni to'xtatdi.
3. O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Mamatkazin bosh bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon to'pni ushlab oldi.
🕛 1. O'yin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 11-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Navbahor" uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif qilamiz!



