

O'yindagi ikkala golni ham "Sho'rtan" hujumchisi Zafar Polvonov mezbonlar darvozasiga urdi. Hujumchi o'tgan turda ham "Neftchi" darvozasini ishg'ol qilgandi. Qizig'i Polvonov dastlabki davrada 11ta o'yinda maydonga tushib bironta gol ura olmagan edi. Ikkinchi davraning dastlabki ikki turida o'z hisobiga 3ta gol yozib qo'ygan futbolchi oliy ligadagi umumiy gollari sonini 47taga etkazib oldi.



