“Nasaf” dastlabki davrada 9 marta g'alaba qozondi, 2 marta durang o'ynadi va 2 bor imkoniyatni boy berib qo'ydi. Jamoa 13ta o'yinda jami 32ta to'p kiritdi va 14 marta to'p o'tkazib yubordi. Qarshi klubi 29 ochko bilan dastlabki davrani 3-o'rinda yakunladi.
Jamoa o'z maydonida o'tgan o'yinlarda 23ta gol urgan, safarda esa 9ta to'p kiritgan. “Nasaf” birinchi davomida 2ta o'yinda irodali, 3ta o'yinda esa yirik g'alabaga erishdi. O'z maydonida bo'lib o'tgan 7ta o'yinning 6tasida g'alaba qozongan va 1ta durang qayd etgan. Birinchi davrada “ajdarlar” ishtirok etgan o'yinlarda eng ko'p gol urilgan – 46ta. Ro'ziqul Berdiev birinchi davrada maydonga jami 23 nafar futbolchini maydonga tushirdi.
Jamoa himoyachisi Botir Qoraev barcha 13ta o'yinda o'zgarishsiz harakat qilgan yagona futbolchi bo'ldi. Ilhom Shomurodov 8ta gol urib klub to'purari bo'ldi. Keyingi o'rinda 7ta gol urgan Artur Gevorkyan bormoqda. Eng ko'p sariq kartochkani Erkin Boydullaev va Hamza Karimov olishdi – 3tadan. Boydullaev bundan tashqari qizil kartochka ham oldi. Shuningdek, jamoa hujumchsi Zohid Abdullaev ham maydondan chetlatildi. Jamoa himoyachisi Odil Hamrobekov birinchi davrada maydonga tushgan eng yosh (17 yosh 31 kun) futbolchi bo'ldi.
Ertaga “So'g'diyona” va “Paxtakor” klublarining statistikasi beriladi.
Narzulla Saydullaev tayyorladi

| Futbolchi | Ampula | O' | Daq | Gol | SK | QK |
| Qoraev Botir | Him | 13 | 1170 | 1 | 0 | 0 |
| Yunusov Ilhom | Yahm | 13 | 1168 | 1 | 2 | 0 |
| Gevorkyan Artur | Yahm | 13 | 1152 | 7 | 0 | 0 |
| Karimov Maqsud | Him | 13 | 1110 | 0 | 1 | 0 |
| Boydullaev Erkin | Yahm | 12 | 1038 | 2 | 3 | 1 |
| Gadoev Shohruh | Huj | 12 | 975 | 3 | 1 | 0 |
| Shomurodov Ilhom | Huj | 12 | 934 | 8 | 1 | 0 |
| Karimov Hamza | Yahm | 11 | 990 | 0 | 3 | 0 |
| Suyunov Eldorbek | Dar | 11 | 990 | 0 | 0 | 0 |
| Abdullaev Zohid | Huj | 11 | 594 | 2 | 2 | 1 |
| Allaniyozov Azamat | Huj | 11 | 550 | 5 | 1 | 0 |
| Ne'matov Suxrob | Yahm | 9 | 144 | 0 | 0 | 0 |
| Muxammadiev Shuxrat | Yahm | 8 | 634 | 0 | 0 | 0 |
| Xamrobekov Odiljon | Him | 7 | 333 | 0 | 0 | 0 |
| Yusupov Alisher | Him | 5 | 385 | 2 | 1 | 0 |
| Sayfiev Farrux | Yahm | 5 | 107 | 1 | 1 | 0 |
| A'zamov Sherzod | Him | 3 | 71 | 0 | 0 | 0 |
| Kamolov Mirzokamol | Yahm | 3 | 47 | 0 | 0 | 0 |
| Boymatov Eldor | Yahm | 2 | 99 | 0 | 0 | 0 |
| Ubaydullaev Laziz | Yahm | 2 | 63 | 0 | 0 | 0 |
| Naumov Mixail | Dar | 1 | 90 | 0 | 0 | 0 |
| Hasanov G'ayrat | Dar | 1 | 90 | 0 | 0 | 0 |
| To'raev Kenja | Huj | 1 | 37 | 0 | 0 | 0 |
| O'yinlar | 13 |
| Gollar | 32 |
| O'z uyidagi gollar | 23 (71,88%) |
| Mehmondagi gollar | 9 (28,12%) |
| O'tkazib yuborilgan gollar | 14 |
| O'z uyida o'tkazilgan gollar | 8 (57,14%) |
| Mehmonda o'tkazilgan gollar | 6 (42,86%) |
| O'rtacha urilgan gol | 2,46 |
| O'rtacha o'tkazilgan gol | 1,08 |
| Uyda jamg'arilgan ochkolar | 19/21 (90,48 %) |
| Safarda jamg'arilgan ochkolar | 10/18 (55,56 %) |
| Eng yirik g'alaba | 7:1 - Qizilqum |
| Eng yirik mag'lubiyat | 0:3 - Bunyodkor |
| Gol o'tkazilmagan o'yinlar soni | 3 (23,08%) |
| Gol urilmagan o'yinlar soni | 2 (15,38%) |
| Irodali g'alabalar | 0 |
| Irodali duranglar | 2 |
| Yirik g'alabalar | 3 |
| Yirik mag'lubiyatlar | 1 |
| Avtogollar (urilgan/o'tkazilgan) | 0/0 |
| Ogohlantirishlar (o'rtacha) | 16 (1,23) |
| Chetlatish (o'rtacha) | 2 (0,15) |
| Maydonga tushganlar (chet ellik) | 23 (1) |
| Tomoshabinlar soni (jami/o'rtacha) | 57133 / 4395 |
Narzulla Saydullaev tayyorladi