Bilich: "Zaza "Vest Xem"da penalti tepadimi? Yo'q-yo'q"

Aslanov Jasurbek
10 sen 2016, 12:18
"Vest Xem" bosh murabbiyi Slaven Bilichning ma'lum qilishicha, "bolg'aurarlar" yangi futbolchisi Simone Zaza penaltilarni amalga oshirmaydi.

Zaza Italiya terma jamoasi safida Germaniyaga qarshi Evro-2016 chorak finalida penaltidan gol ura olmagan edi.

"Zaza penalti tepadimi? Yo'q-yo'q. Bizda ajoyib penaltichi bor. Bundan tashqari, biz 11 metrlik nuqtadan kam zarba beramiz. Ko'proq penalti tepishni istaymiz.

U so'nggi bir necha hafta davomida biz bilan shug'ullandi, Zaza - ajoyib futbolchi, u buni mashg'ulotlarda isbotlab qo'ydi. Endi u mahoratini maydonda ko'rsatishi kerak. Biz bir uchrashuvga qarab baho bermaymiz, ammo unga ishonaman. Unda markaziy hujumchiga kerak bo'ladigan barcha sifatlar bor" - deydi Bilich.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports