"Betis" prezidenti "Barsa"ning Fekirga qiziqishi haqida: "Uning tovon puli 100 million evro"

Alisher
16 fev 2022, 18:06
"Betis" prezidenti Anxel Aro "Barselona"ning yarim himoyachi Nabil Fekirga qiziqishi haqida gapirdi.

"Fekirning hozirda La Ligada eng kuchli ekanligini aytishga jurat qilolmayman, ammo uning o'yini juda ham tomoshabop.

Umid qilamanki, u "Betis"da imkon qadar ko'proq qoladi. Uning tovon puli 100 million evroga teng.

Xavotir olmayapman. Katta klublar unga qiziqishayotgan ekan, demak u ajoyib formada", - deydi Aro.

Oldinroq "Barsa"ning Fekir uchun 60 mln evro taklif qilishga tayyorligi, ammo "Betis" kamida 80 mln evro talab qilayotgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Diario Sport