Benzema, Zidan va Iskodan keyingisi Vaskes bo'ldi

Eldor Akmurzayev
15 iyun 2019, 22:10
Ispaniyada tobora futbolchilarning uylarini tunab ketish bo'yicha holatlar ko'payib bormoqda.

Yaqinda, Real xujumchisi Karim Benzema, klub ustozi Zayniddin Zidan hamda yarim himoyachi Isko o'g'rilardan jabr ko'rgandi. 

Endi esa madridliklarning yana bir a'zosi Lukas Vazkesning xonadoniga jinoyatchilar bostirib kirib, u yerda bo'lgan qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketishgan.

27 yoshli hujumchi bu vaqtda oilasi bilan Balear orollarida (Ispaniya) hordiq chiqarayotgan edi. 

Qayd etish joizki, joriy yilda Xordi Alba, Kevin-Prins Boateng, Xoakin, Jerar Pike, Esekiel Garay, Joffre Kondogbia, Alvaro Morata kabi LaLiga futbolchilarning uyiga ham o'g'rilar hujum qilishgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca