

Bu haqda Ispaniyaning "Diario AS" nashri xabar bermoqda.
Shu bilan birga, Benzema asosiy tarkibda maydonga tushadimi yoki yo'q, bunisi noma'lum. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti uning sog'lig'i bilan tavakkal qilmaslik uchun uni asrashi mumkin.
Eslatib o'tamiz, Karim Benzema "Real"ning so'nggi 3 ta o'yini – "Sevilya", "Leyptsig" va "Jirona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan edi. Fransiyalik futbolchi Ispaniya chempionati ushbu mavsumida 5 ta gol urdi.



