Benzema "Seltik"ka qarshi o'yin qaydnomasidan joy oldi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2022, 18:07
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema "Seltik"ga qarshi Chempionlar Ligasi o'yinida o'z jamoasi tarkibida bo'ladi.

Bu haqda Ispaniyaning "Diario AS" nashri xabar bermoqda.

Shu bilan birga, Benzema asosiy tarkibda maydonga tushadimi yoki yo'q, bunisi noma'lum. Bosh murabbiy Karlo Anchelotti uning sog'lig'i bilan tavakkal qilmaslik uchun uni asrashi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Karim Benzema "Real"ning so'nggi 3 ta o'yini – "Sevilya", "Leyptsig" va "Jirona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborgan edi. Fransiyalik futbolchi Ispaniya chempionati ushbu mavsumida 5 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS