Benzema YCHL to'purarlari ro'yxatida Levandovskini quvib o'tdi

Eldor Akmurzayev
8 avg 2020, 20:40
YCHL 1/8 final javob o'yini doirasida “Real” safarda “Man Siti”ga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.

Uchrashuvning 28-daqiqasida Rodrigoning qanotdan uzatgan to'pini Karim Benzema boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi. Mazkur aniq zarba fransiyalik forvardning musobaqadagi 65-goli sifatida yozildi. U to'purarlar ro'yxatida “Bavariya” hujumchi Robert Levandovskini (64) quvib o'tdi.

Yuqoriroqda esa Raul (71), Lionel Messi (114) va Krishtianu Ronaldu (130) turibdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia