

"Biz "Malaga"ga qarshi o'yinga tayyor bo'lishimiz kerak. Bu jamoa "Barselona"ga qarshi bahsda ajoyib o'yin uslubiga ega ekanligini ko'rsatdi. Biz e'tiborliroq bo'lishimiz lozim, chunki ular syurpriz amalga oshira olishadi.
"Real" mavsumni yaxshi boshladi, ammo poyga birinchi burilishda yakunlanmaydi. Hozir bor kuchimiz bilan ishlaganimizda xato qilgan bo'lar edik. Hammasi so'nggi 10ta o'yinga bog'liq. Biz yaxshi holatdamiz va oldindagi voqealarga jismonan tayyormiz.
"Real"ning jarohatlangan futbolchilari asta-sekin oyoqqa turyapti. Pepe ertangi o'yinda maydonga chiqishi mumkin. Xames va Beyl o'zini yaxshi his qilayotganini aytdi. Agar ular formasini tiklasa kelasi hafta maydonga tushishi mumkin" - deydi Benites.



