Benatiya Italiya Superkubogida ishtirok etmaydi

13 yanv 2019, 14:07
"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri himoyachi Mexdi Benatiya "Milan"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmasligini e'lon qildi.

"Qizib olish paytida Mexdi qorin bo'shlig'ida og'riq his qildi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchining qornida biroz yallig'lanish bor. Shuning uchun, Italiya Superkubogida biz uning xizmatlaridan foydalana olmaymiz", - deya Allegrining so'zlarini keltiradi Football Italia nashri.

"Yuventus" - "Milan" o'rtasidagi Italiya Superkubogi 16 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia