Bellingem - MYUning 2023 yildagi asosiy transfer maqsadi

Aslanov Jasurbek
8 noya 2022, 02:17
"Manchester Yunayted" Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingemga qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi ingliz klubining asosiy transfer maqsadiga aylangan. Mankunianlar bosh murabbiyi Erik ten Xag ushbu transferni 2023 yilda amalga oshirmoqchi.

"Manchester Yunayted"dagilar Bellingemning narxi 150 mln. evro atrofida bo'lishiga umid qilishmoqda. "Yunayted"da bu xaridni amalga oshirish imknoiyatlari katta emas, chunki moliyaviy feyr-pley ushbu transferga to'sqinlik qilishi mumkin.

Bundan tashqari "Liverpul" ham ushbu futbolchiga "og'iz solmoqda". Bellingemga shaxsan Yurgen Klopp qiziqib qolgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports