Belarus chempionati. "Energetik-BGU" o'z uyida mag'lubiyatga uchradi, Husanov, Abdurahmonov va Abdixoliqov 90 daqiqa o'ynadi

Sherzod Nurmatov
8 may 2022, 21:07
Belarus Oliy ligasi 7-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Uchrashuvda himoyachi Milosh Shataraning yagona goli mehmonlarga g'alaba keltirdi. Mezbonlar safida yurtdoshlarimiz – himoyachi Abduqodir Husanov, yarim himoyachi Shohruh Abdurahmonov va hujumchi Bobir Abdixoliqov to'liq 90 daqiqa maydonda harakatlandi.

Energetik-BGU – Shaxtyor 0:1

SOK Olimpiyskiy

Gol: 0:1 – 80 Shatara.

Energetik-BGU – Makushinskiy, Svirepa (Samotoy, 86), Makavchik, Lavrik, Pashevich, Silinskiy (Xlebosolov, 86), Abdurahmonov, Rilach, Husanov, Abdixoliqov, Papariga (Grishenko, 86).

Shaxtyor – Politevich, Chernik, Antich, Shatara, Shevchenko, Yuzepchuk, Axmedi, Korzun (Daviskiba, 44), Solovey (Podstrelov, 46), Chernyak (Ivanovich, 77), Darbo (Skavish, 66).

Turnir jadvali

Bobir Abdixoliqov – Belarus chempionatida aprel oyining eng yaxshi futbolchisi!

Belarus chempionati to'purari Bobir Abdixoliqov: "Bir umr markaziy hujumda harakatlanganman, ammo "Rux" bosh murabbiyi meni o'ng qanotga qo'ydi..."

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia