"Bayer" "Tottenxem" ustidan kuldi va keyinroq ushbu xabarni o'chirib tashladi (foto)

Aslanov Jasurbek
15 sen 2016, 12:38
Kecha "E" guruhi ishtirokchilari Chempionlar ligasi guruh bosqichi 1-tur o'yinlarini o'tkazishdi.

Ushbu guruhgi bahslar quyidagicha yakunlandi:

"Bayer" - SSKA 2:2

"Tottenxem" - "Monako" 1:2


Tepada ko'rsatilgan uchrashuvlar bo'layotgan paytda qiziq voqea sodir bo'ldi. "Bayer" 15 daqiqa ichida SSKA darvozasiga 2 ta gol urdi va klub "Tvitteri" 31 daqiqa ichida "Monako"dan 2 ta gol o'tkazib yuborgan "Tottenxem" ustidan kulishga qaror qildi.


"Xoy "Spurlar" - bu musobaqami yoki boshqa narsa? 2:0" - deb yozdi "Bayer" "Tvitteri".

Bir necha daqiqa o'tib SSKA nemis klubi darvozasini ikki marotaba ishg'ol etdi va hisob tenglashdi. "Bayer" oldinroq "Tottenxem" ustidan kulgan tvitini o'chirib tashladi va yangi xabar qoldirdi.


"39-daqiqa. Nima... 2:2. Olg'a yigitlar".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia