"Bayer" himoyachisi Ermoso jarohati tufayli mavsum oxirigacha safdan chiqdi

Alisher
19 mar 2025, 15:21
"Roma"dan ijaraga olingan "Bayer" himoyachisi Mario Ermoso bu mavsumda nemis klubida boshqa o'ynamaydi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

29 yoshli ispaniyalik futbolchi Chempionlar Ligasi 1/8 finalidan o'rin olgan "Bavariya"ga (0:2) qarshi javob o'yinida jarohat oldi. Ermoso 18 mart kuni Madridda operaciya qilindi.

"Bayer" himoyachini shu yilning yanvarida "Roma"dan ijaraga olgan edi. Ermoso jamoa safida ettita o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: bayer04.de