

"Bugun o'tgan yilgi mavsum yakunlari bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi. Kamchiliklarni yo'qotish borasida kerakli ishlar olib borilishi kerakligi aytib o'tildi.
Qur'aga kelsak "Navbahor" mavsumni o'z maydonida vice-chempion "Lokomotiv"ga qarshi o'yin bilan boshlaydigan bo'ldi. Bu jamoaning qanday kuchga ekanligini barcha biladi. Ikkinchi turni Farg'onada "Neftchi"ga qarshi o'tkaziladi. Vodiy derbisiga ortiqcha izoh berish shart emas. "Navbahor" muxlislarini chempionatning boshida qiziqarli o'yinlar kutib turibdi. Agar klub asosiy tarkibi saqlab qolinsa va bir qator kuchli futbolchilar xarid qilinsa bu ikki o'yinda ham g'alaba qozonishi mumkin.
Keyingi yil legioner darvozabonlar bo'lmasligi e'lon qilindi. Menimcha bu to'g'ri qaror. Sababi olimpiya terma jamoasi safidagi hech bir darvozabon bu yil oliy ligada o'ynamadi. Bu Olimpiada yo'llanmasi uchun kurashayotgan jamoaning eng asosiy muammoasi hisoblanadi. Bundan terma jamoalarimiz faqat yutishadi. Bu qarordan so'ng oliy liga klublari mahalliy posbonlarga ko'proq imkoniyat berishadi, yosh darvozabonlar yetishib chiqishadi.
O'zimning keyingi taqdirimga kelsak, hozircha deyarli hech narsa ma'lum emas. Jamoada 100 foiz qoldim deya olmayman. "Navbahor" rahbariyati bilan bu borada gaplashib olishim kerak. Aynan o'sha uchrashuvdan so'ng ko'p narsa ma'lum bo'ladi, - deydi Baxtiyor Ashurmatov.
Narzulla Saydullaev



