

O'tgan yili Xitoyning Shanxay shahrida "Bavariya"ning rasmiy ofisi ochilgandi.
"Bavariya" klubi rahbariyati tashrif doirasida Xitoydagi ofisda ham bo'lishdi va u yerdagi xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Bilasiz, "Bavariya" klubi bir qator tillarda o'z rasmiy saytini yuritadi.
"Bavariya" klubi AQSH va Xitoyda o'z akademiyasini ochgan hamda bu ikki mamlakatda o'z ofislariga ega.
Germaniya gegemonining Xitoyda ikkita akademiyasi bor. Shanxaydagi ofisda esa "Bavariya" o'zining xitoylik muxlislari va bu yerdagi tashkiliy masalalar bo'yicha ishlarni amalga oshiradi.
Shanxaydagi ofisdan fotogalereya:











