"Bavariya"ning asosiy futbolchilaridan biri "Real"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 apr 2018, 11:17
"Bavariya" yarim himoyachisi Arturo Vidalning "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final ilk o'yinida ishtirok etishi so'roq ostida.

Chililik jamoaning so'nggi mashg'ulotlaridan birida jarohat oldi va bir o'zi maydonni tark eta olmadi.

Vidal shunga o'xshash shikastlanish tufayli so'nggi ikki uchrashuvni o'tkazib yuborgan edi.

"Bavariya" va "Real" o'rtasidagi ilk o'yin 25 aprel kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild