"Bavariya" yozda katta transferlarni rejalashtirayotgani yo'q

Narzulla Saydullayev
7 mar 2014, 22:25
Xabaringiz bor, mavsum yakuniga etgach Robert Levandovski va Sebastian Rode kabi futbolchilar Myunxenning "Bavariya" klubi safiga borib qo'shilishadi.
Myunxenliklar ustozi Xosep Gvardiolaning aytishiga qaraganda, "Gollivud FK" tarkibida bundan boshqa o'zgarishlar bo'lmaydi va hozirgi tarkibning asosi saqlab qolingan holda kelasi mavsumga tayyorgarlik ko'riladi.

- Ishonch bilan aytishim mumkin-ki, yozda jamoamiz tarkibida katta o'zgarishlar bo'lmaydi. Bugungi jamoa asosi saqlab qolingan holda kelasi mavsum uchun tayyorgarlik ko'ramiz. Yangi transferlar bo'lishi extimoli juda-juda kam, - dedi ispaniyalik murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Myunxen super-klubi hozirgacha "Borussiya" Dortmund bilan Robert Levandovski hamda "Ayntraxt" Frankfurt bilan Sebastian Rode transferi bo'yicha kelishuvga erishishga ulgurgan. Gvardiolaning so'zlariga ishonadigan bo'lsak, "Bavariya" ushbu ikki futbolchidan boshqa o'yinchi sotib olmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com