“Bavariya” yarim himoyachisi: “Mavsumdagi eng yomon o'yinimiz. Baxtimizga bu Bundesligada ro'y berdi”

Eldor Akmurzayev
13 fev 2022, 09:40
“Bavariya” a'zosi Yosua Kimmix Bundesliga 22-turida “Boxum”ga uchralgan mag'lubiyat (2:4) haqida fikr bildirdi.

“Bugun mavsumdagi eng yomon o'yinimizni o'tkazdik. G'alaba qozonishimiz uchun talab qilinadigan barcha jihatlar yetishmadi. Mavsum davomida bu kabi holat bir marta sodir bo'lsa, shunday bo'laqolsin, ammo o'xshash vaziyat “Borussiya M” bilan uchrashuvda ham yuz bergandi, shu tufayli ehtiyot bo'lishimiz kerak.

Bunday kayfiyat, bunday fikrlash bilan taktika yoki o'yin rejasida haqida gapirishdan mano yo'q. “Bavariya” mentaliteti shundaymi, deya o'zimizga savol berishimiz lozim. Bu tez-tez sodir bo'lmoqda, oldin “Bavariya”da bunday holatlarni hech qachon ko'rmagandim.

Baxtimizga, bu Bundesligada sodir bo'ldi va hali hamon 9 ochko oldindamiz. Biroq, keyingi hafta YCHLda o'ynaymiz. Bu boshqa takrorlanmasligi kerak. Nima bo'lgandan ham mag'lubiyatga loyiq bo'lganimizni tan olishimiz lozim”, deydi Kimmix.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sport24.ru