"Bavariya" ustozi nima uchun "Kopengagen"ga qarshi o'yin qiyin kechishini tushuntirdi

Sherzod Nurmatov
3 okt 2023, 11:23
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Kopengagen"ga qarshi Chempionlar Ligasi 2-tur uchrashuvi arafasida fikr bildirdi.

"Men Chempionlar Ligasidagi har bir raqibni hurmat qilaman. Bu dunyodagi eng qiyin klub musobaqasi. "Kopengagen" Chempionlar Ligasining o'tgan mavsumida "Manchester Siti", "Dortmund" va "Sevilya"ga qarshi birorta uy uchrashuvida mag'lub bo'lmadi", – dedi Tomas Tuxel.

Eslatib o'tamiz, "Kopengagen" Chempionlar Ligasi guruh bosqichida  o'z maydonidagi 15 o'yindan atigi 1 tasida "Real"ga mag'lub bo'lgan. "Barselona", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Yuventus" va boshqa jamoalar ularning maydonida g'alaba qozona olishmagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com