

Myunxenliklar 27 yoshli avstriyalik futbolchini ko'k-anorranglilar forvardi Usmon Dembelega almashish bo'yicha kataloniyaliklarga taklif bildirishgan. Avvalroq, Barsa asosiy tarkib himoyachisi Xordi Albaga raqobatchi sifatida Alabaning nomzodini ko'rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, David Alabaga Arsenal ham qiziqmoqda. Uning hozirgi jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar mo'ljallangan. Dembelening blaugranaslar bilan kelishuvi esa 2022 yili yakuniga etadi.



