"Bavariya" rahbariyati 27 noyabrgacha murabbiy borasidagi savolga aniqlik kiritish niyatida

Aslanov Jasurbek
26 okt 2015, 11:41
"Bavariya" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub bilan shartnomani uzaytirishiga umid qilmoqda.

Nemis grandi ispan mutaxassisining qarorini uzoq vaqt kutmoqchi emas va undan tezroq javob olmoqchi. Aniqrog'i klub rahbariyati Gvardiolaning javobini shu yilning 27 noyabrgacha bilish niyatida.

Gvardiolaning "Bavariya" bilan shartnomasi 2016 yilning yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1