"Bavariya" mavsumoldi tayyorgarlikni Xitoy va Singapurda o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
14 mar 2017, 16:41
"Bavariya" rahbariyati va murabbiylar shtabi kelasi mavsumga tayyorlanish uchun joyni aniqlashdi.

Nemis grandi 16-28 iyul kunlari 2017/2018 mavsumga Xitoy va Singapurda tayyorgarlik ko'radi. Bu mamlakatlarda jamoa Audi Football Summit turniri doirasida to'rtta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. 19 iyul kuni "Bavariya" "Arsenal"ga qarshi o'ynaydi, 3 kun o'tib myunxenliklar "Milan" bilan bahs o'tkazishadi. 25 iyul kuni Karlo Anchelotti shogirdlari "Chelsi", ikki kun o'tib "Inter" bilan o'ynashadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport1