"Bavariya" "Manchester Yunayted"ning ikki himoyachi bo'yicha taklifini rad qildi

Sherzod Nurmatov
2 avg 2024, 17:34
Myunxenliklar ko'proq pul talab qilmoqda.

"Bavariya" "Manchester Yunayted"ning himoyachilar Matteys de Ligt va Nussair Mazraui borasidagi takliflarini rad etdi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda.

MYU har ikki futbolchi uchun qancha taklif qilgani noma'lum, ammo myunxenliklar bundan qanoatlanishmadi. "Recordmayster" mankunianlardan miqdorni oshirishni talab qilmoqda.

Shu bilan birga, futbolchilarning o'zi ham "Manchester Yunayted"ga o'tishga rozi, biroq hozircha klublar o'rtasida kelishuv yo'q.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic