"Bavariya" futbolchisi jiddiy jarohat oldi FOTO

Tolibjon Qosimov
23 noya 2017, 12:51
Kecha tunda Chempionlar ligasida "Bavariya" jamoasi "Anderlext"ni safarda 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Ana shu uchrashuvda myunxenliklar yarim himoyachisi Tyago Alkantara jiddiy jarohat oldi. Bosh murabbiy Yupp Xaynkes ispaniyalik futbolchining jarohati borasida shunday dedi: "Tyago katta ehtimol bilan sonning yuqori qismi mushaklaridan og'ir jarohat oldi". Futbolchi "Anderlext" bilan o'yinning 44 daqiqasida almashtirildi.

Shuningdek, Aren Robben ham 48 daqiqada jarohat sabab almashtirildi. Gollandiyalik borasida Xaynkes shunday dedi: "O'ylashimcha, jarohat jiddiy emas. Arenda mushaklar bilan bog'liq kichik muammo bor".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: fcbayern.com