"Bavariya" futbolchisi Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi

Alisher
2 okt 2019, 12:06
"Bavariya" CHL 2-tur doirasida "Tottenxem" ustidan g'alaba qozondi.

Londonda o'tgan o'yin myunxenliklarning 7:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Bavariya" hujumchisi Serj Gnabri esa ikkinchi taymda "Tottenxem" darvozasiga 4ta gol kiritdi.

Shunday qilib Gnabri CHL tarixida ikkinchi bo'limda poker qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, Serj "Bavariya" safiga 2017 yilda "Verder"dan kelib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: uefa.com