

"Sky Sports" nashri xabariga ko'ra, "Bavariya"da to'p tepadigan futbolchilar ish haqlarining 20 foizga qisqartirilishiga qaror qilishgan. Bu koronavirus sababli karantin vaqtida klubning boshqa xodimlari ishdan bo'shatilishining oldini oladi.
Avvalroq shunaqa xayrli ishga "Barselona", "Verder" va "Borussiya" a'zolari ham rozi bo'lishgani haqida xabar qilgandik.



