"Bavariya" "Fiorentina" futbolchisini 70 mln. evroga sotib olmoqchi

Aslanov Jasurbek
24 apr 2019, 12:56
"Fiorentina" yarim himoyachisi Federiko Keza yozgi transfer oynasida Germaniyaga ko'chib o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Bavariya" iqtidorli futbolchini qo'lga kiritmoqchi. Myunxen klubi 70 mln. evrolik taklif tayyorlayapti. Kezaga "Napoli", "Yuventus" va "Inter" ham qiziqish bildirmoqda.

Neapolliklar Kezani xarid qilish uchun imtiyozli imkoniyatga ega, biroq ular raqibidan ko'proq mablag' taklif qilishi kerak.

Keza "Fiorentina" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum A Seriyaning 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 6ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato.com