"Bavariya" Belgiya terma jamoasi futbolchisini sotib olishi mumkin

Alisher
13 iyun 2019, 10:29
"Bavariya" o'z safini yana bir kuchli futbolchi bilan to'ldirmoqchi.

Myunxenning "Bavariya" klubi Xitoyning "Dalyan Ifan" jamoasi yarim himoyachisi Yannik Karraskoga qiziqmoqda. Bitim narxi 30 million evroga baholanmoqda. Futbolchi Xitoy jamoasidan oldin "Atletiko"da o'ynagan.

25 yoshli futbolchi 2018 yilning fevralida 30 million evro evaziga "Atletiko"dan "Dalyan"ga o'tgandi. U Xitoy jamoasi tarkibida atigi 10 o'yinda qatnashdi va 7 gol urib, 2 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild